Hamkorlik va savollar uchun:

O'quv markazingizni bitta tizimda boshqaringdaftar va Excel'siz

Guruhlar, davomat, to'lovlar, qarzdorlar, lidlar va o'qituvchi oyligi — hammasi bir joyda. Kim to'lamaganini, qaysi guruh to'lganini va oy oxirida qancha foyda qolganini bir qarashda ko'rasiz.

Muammo va yechim

Tanish holatmi?

Markaz o'sgani sari daftar va Excel'dagi hisob chalkashib ketadi.

Kim to'lagani, kim qarzdorligi daftarda — oy oxirida hisob chiqmaydi

EDUMS bilan

Har bir o'quvchining balansi va qarzdorlar ro'yxati o'zi hisoblanadi

Instagram va Telegram'da yozganlar javobsiz qolib, boshqa markazga ketadi

EDUMS bilan

Har bir murojaat lid bo'lib tushadi — saytingizdagi formadan ham

O'qituvchilar oyligini hisoblash uchun kechgacha kalkulyator bilan o'tirasiz

EDUMS bilan

Oylik stavka bo'yicha o'zi hisoblanadi: belgilangan summa, foiz yoki o'quvchi boshiga

Ota-onalar farzandi darsga kelmaganini kech bilib qoladi

EDUMS bilan

Kelmagan o'quvchining ota-onasiga o'sha kuni SMS yuborish mumkin

Markazni boshqarish — bir joyda

Direktor, administrator, manager va o'qituvchi — har biri o'z ishini shu yerda qiladi.

Moliya

Pul qayerdan kelib, qayerga ketayotganini ko'ring

Kassa, qarzdorlar, xarajatlar va oyliklar bir joyda. Dashboard shu oyning tushumi, xarajati va sof foydasini ko'rsatadi.

  • Naqd, karta va o'tkazma orqali to'lovlar
  • Qarzdorlar ro'yxati o'zi yig'iladi
  • Ijara, reklama, soliq va boshqa xarajatlar hisobi
Kassa yoki qarzdorlar sahifasi

O'quv jarayoni

Guruhlar, jadval va davomat — tartib bilan

Guruh ochayotganda xona yoki o'qituvchi band bo'lsa, tizim darhol ogohlantiradi. Davomat bir bosishda belgilanadi.

  • Haftalik dars jadvali — filial va xonalar bo'yicha
  • Har bir guruh uchun oylik davomat jurnali
  • Kelmaganlar haqida ota-onaga SMS
Guruh sahifasi yoki dars jadvali

Sotuv

Bitta ham murojaat yo'qolmaydi

Qo'ng'iroq qilgan, yozgan yoki saytdagi formani to'ldirgan har kim lid bo'lib tushadi. Har biri qaysi bosqichda ekanini ko'rasiz, sinov darsidan keyin esa bir bosishda o'quvchiga aylantirasiz.

  • Saytga bitta qator kod bilan forma — Tilda ham ulanadi
  • Manba va reklama belgilari (UTM) saqlanadi
  • Takroriy arizalar bitta lidga yig'iladi
Lidlar sahifasi

Jamoa

Har kim faqat o'z ishini ko'radi

O'qituvchiga — guruhlar va davomat, managera — to'lovlar, menejerga — lidlar. Rollarni o'zingiz yaratasiz, har bir harakat tarixda saqlanadi.

  • O'qituvchi oyligi — belgilangan, foiz yoki o'quvchi boshiga
  • Kim, qachon, nimani o'zgartirgani — harakatlar tarixida
  • Bir nechta filial — bitta hisobda
Oyliklar yoki rollar sahifasi

Hammasi bitta tizimda

Qo'shimcha dastur va jadvallar kerak emas.

  • Guruhlar va jadval

    Kurslar, xonalar va o'qituvchilar. Bir xona yoki o'qituvchi bir vaqtda ikki guruhga tushib qolmaydi.

  • Davomat

    Oylik jurnal: dars kunlari guruh jadvalidan o'zi chiqadi, belgilash bir bosishda.

  • To'lovlar va qarzdorlar

    Har bir o'quvchi balansi avtomatik hisoblanadi — kim qancha qarz ekanini bir qarashda ko'rasiz.

  • Xarajatlar va oylik

    O'qituvchi oyligi stavka bo'yicha o'zi hisoblanadi, to'langani esa xarajatga yoziladi.

  • Lidlar

    Qo'ng'iroq qilgan va yozganlarni yo'qotmang: har bir lid qaysi bosqichdaligini ko'ring va bir bosishda o'quvchiga aylantiring.

  • Saytdan arizalar

    Saytingizdagi forma yoki Tilda arizalari to'g'ridan-to'g'ri lidlarga tushadi.

  • Ota-onalarga SMS

    Dars qoldirilganda va qarz bo'lganda ota-onaga avtomatik xabar.

  • Hisobotlar

    Tushum, xarajat, sof foyda, davomat va lidlar — oyma-oy grafiklarda.

  • Filiallar va xonalar

    Bir nechta filialni bitta hisobda yuriting — har birining xonalari va guruhlari bilan.

  • Dinamik rollar

    Administrator, o'qituvchi, manager — rollarni o'zingiz yarating va ruxsatlarini belgilang.

  • Harakatlar tarixi

    Kim qachon to'lov qabul qildi yoki o'chirdi — hammasi yozib boriladi.

  • Xavfsizlik

    Har bir markaz ma'lumoti alohida. Xodim o'zidan katta huquqni hech kimga bera olmaydi.

Qanday ishlaydi

Qanday boshlanadi

Uch qadam — va markazingiz tizimda.

  1. 1

    Ro'yxatdan o'ting

    Markaz nomi va telefon raqamingiz — SMS kod bilan tasdiqlaysiz.

  2. 2

    30 kun bepul ishlating

    Barcha imkoniyatlar ochiq: filial va guruh oching, o'quvchi qo'shing, to'lov qabul qiling.

  3. 3

    Tarif tanlang

    Sinov tugagach, markazingizga mos tarifni tanlab davom eting. Ma'lumotlar saqlanadi.

MA'LUMOTLAR XAVFSIZLIGI VA DAXLSIZLIGI

Ma'lumotlaringiz 100% xavfsiz va faqat sizning mulkingiz

O'quv markaz rahbarlarining eng katta xavotiri — ma'lumotlar yo'qolishi yoki begona qo'llarga tushishi. EDUMS tizimida xavfsizlik shunchaki va'da emas, balki texnologik va yuridik kafolatdir.

EDUMS Xavfsizlik Qalqoni

Faol himoya tizimi · 99.9% Uptime kafolati (SLA)

Kunlik zaxira nusxalash

Alohida bulutda shifrlangan

Excel / CSV eksport

Istalgan vaqtda yuklab olish

SSL 256-bit

HTTPS / TLS 1.3

Yuridik shartnoma

Moddiy javobgarlik & NDA

Har 24 soatda avtomatik

Kunlik avtomatik zaxira (Cloud Backup)

Barcha bazangiz har kecha avtomatik ravishda alohida xavfsiz bulutli serverlarga shifrlangan holatda nusxalanadi. Kutilmagan har qanday nosozlikda ma'lumotlar 30 daqiqada qayta tiklanadi.

  • Alohida ajratilgan xavfsiz bulutda shifrlangan saqlash
  • Kutilmagan texnik vaziyatlarda 30 daqiqada qayta tiklash (RTO)
  • O‘quvchilar, qarzdorliklar va to‘lovlar tarixi to‘liq daxlsiz
100% Sizning mulkingiz

1-tugma bilan to'liq eksport (Mustaqillik)

Siz tizimga asir bo'lib qolmaysiz. Istalgan vaqtda barcha talabalar ro'yxati, to'lovlar va qarzdorliklar tarixini Excel (XLSX/CSV) formatida shaxsiy kompyuteringizga yuklab olishingiz mumkin.

  • Excel (.xlsx) va CSV formatlarida to‘liq eksport imkoniyati
  • Hech qanday vendor-lock (platformaga bog‘lanib qolish) yo‘q
  • Istalgan vaqtda shaxsiy kompyuterga nusxa ko‘chirib olish
256-bit shifrlash

Bank darajasidagi shifrlash (SSL/TLS)

Foydalanuvchi va server o'rtasidagi barcha ulanishlar bank darajasidagi shifrlangan protokollar orqali uzatiladi. Parollar qaytarib bo'lmas bcrypt algoritmlari bilan saqlanadi.

  • Bank standarti: HTTPS / TLS 1.3 shifrlangan kanallar
  • Bcrypt qaytarib bo‘lmas algoritmi bilan parollarni himoyalash
  • Multi-tenant izolyatsiya: boshqa markaz ma’lumotlaringizni ko‘ra olmaydi
Yuridik kafolat

Rasmiy shartnoma va NDA kafolati

Shartnomamizda ma'lumotlar maxfiyligi (NDA), daxlsizligi hamda 99.5% uzluksiz ishlash (SLA) bo'yicha qat'iy yuridik majburiyat olinadi. Ma'lumotlaringiz begona shaxslarga berilmaydi.

  • Maxfiylik kelishuvi (NDA) — ma’lumotlar hech kimga oshkor qilinmaydi
  • 99.5% Uptime kafolati (SLA) rasmiy shartnomada belgilanadi
  • To‘liq moddiy javobgarlik va ma’lumotlar daxlsizligi shartlari

Shartnomada xavfsizlik kafolatini xohlaysizmi?

O'quv markazingiz ma'lumotlari xavfsizligiga oid savollaringiz bormi? Shartnoma imzolashdan oldin barcha xavfsizlik va SLA bandlarini taqdim etamiz.

Tariflar

Har biri 30 kunlik bepul sinovdan keyin

…

Ko'p so'raladigan savollar

Ko'p so'raladigan savollar

30 kunlik bepul sinovdan keyin nima bo'ladi?

Tariflardan birini tanlab to'laysiz. Tanlamasangiz, kabinetda faqat tarif sahifasi ochiq qoladi — ma'lumotlaringiz o'chmaydi va to'lovdan keyin hammasi joyida bo'ladi.

Ro'yxatdan o'tish uchun nima kerak?

Faqat telefon raqami: SMS orqali tasdiqlash kodi keladi. Bank kartasi so'ralmaydi.

To'lov qanday qilinadi?

Tizim kabinetida mos tarifni oylik yoki yillik muddatga tanlab so'rov yuborasiz (yillik to'lovda chegirma bor) va ko'rsatilgan bank kartasiga to'lov qilib, chekni Telegram (@Shohruz_Isroilov) orqali yuborasiz. Administrator to'lovni tekshirib, obunani darhol faollashtiradi.

Nechta filial, xodim va o'quvchi qo'shsa bo'ladi?

Filiallar, xonalar va xodimlar soni cheklanmagan. Faol o'quvchilar soni tanlangan tarifga bog'liq — har bir tarifning limiti «Tariflar» bo'limida ko'rsatilgan.

Ma'lumotlarim xavfsizmi, yo'qolib ketmasligiga qanday kafolat berasiz?

Ha, 100% xavfsiz. Har kecha barcha ma'lumotlar alohida bulutga avtomatik zaxiralanadi (backup). Barcha ulanishlar bank darajasida shifrlangan (SSL/TLS), har bir markaz ma'lumotlari alohida izolyatsiyalangan. Istalgan paytda barcha o'quvchilar va to'lovlar tarixini bir tugma orqali Excel formatida yuklab olishingiz mumkin. Bularning barchasi rasmiy shartnomada yuridik jihatdan kafolatlanadi.

Saytimdagi formani ulasa bo'ladimi?

Ha. Sozlamalardan tayyor kodni olib saytga qo'yasiz yoki Tilda webhook'ini ulaysiz — arizalar lidlarga o'zi tushadi.

Telefonda ishlaydimi?

Ha, brauzer orqali telefon, planshet va kompyuterda ishlaydi — hech narsa o'rnatish shart emas.

Markazingizni bugunoq tartibga soling

30 kun bepul — barcha imkoniyatlar ochiq, bank kartasi so'ralmaydi. Savolingiz bo'lsa, Telegram'da yozing.

Telegram'da savol berish